Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport geografiyasi yildan yilga kengayib bormoqda. Jumladan, OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinayapti. Shuningdek, kombinat yangi bozorlarga ham chiqmoqda. Xususan, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga asosan mis mahsulotlari yuborilgan.
Joriy yilning 10 oyi davomida ham OKMK tomonidan mahsulotlar eksporti rejasi ham oshig‘i bilan bajarilishiga erishildi. 2022-yilning yanvar-oktyabr holatiga 829 559,1 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 119,2%ga bajarilgan.
Asosiy mahsulot - mis eksportida reja 108,7%ga ado etilib, 65561 tonna mis mahsulotlari xorijiy xaridorlarga yetkazib berilgan.
Shu jumladan, 58 951 tonna mis katodi eksport qilinib, reja 116,3%ga bajarilgan. 2831 tonna mis katankasi eksporti amalga oshirilib, +45%lik o‘sish sur'atiga erishilgan. Mis quvurlari eksportida esa +84,3%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan holda 3779 tonna ushbu mahsulot xorijga yuborilgan. Mis kuporosi eksportida esa +130,8%lik o‘sish sur'ati qayd etilib, 7912 tonna mahsulot xorijga jo‘natilgan.
Rux mahsulotlari eksportida hamon yuqori natijalar saqlanib turibdi. 10 oyda xorijlik importyorlarga 51319 tonna rux mahsulotlari yuborilib, reja 126,1%ga uddalangan. Jumladan, 50924 tonna rux metalli eksport qilinib, vazifa 125,1%ga bajarilgan.
Importyorlarga 400 tonna kadmiy yuborilib, reja 111,0%ga bajarilgan.
Shuningdek, 648 tonna molibden mahsulotlari eksport qilinib, rejaviy vazifa 129,7%ga uddalangan.
Qo‘rg‘oshin konsentrati eksporti rejasida 110,2%lik natija qayd etilib, 22036 tonna ushbu mahsulot xorijga jo‘natilgan.
Palladiy kukuni eksportida reja 297,9%ga bajarilib, reniy eksportida esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +19,8%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
OKMK Axborot xizmati