• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2-MBF FM shtab a'zolarining va FM tuzilmalariga “tayyor” bahosi qo‘yildi

01 Noyabr 2022, 13:19 761

Joriy yilning 28-oktabr kuni 2-Mis boyitish fabrikasia “Favqulodda vaziyat yuz berganda fuqaro muhofazasi xizmatlari va tuzilmalarini safarbar etish va o‘zaro harakatlanishlar tartiblari” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti davomida 2-MBF FM tuzilmalari shaxsiy tarkibining favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi amaliy bilim va ko‘nikmalari tekshirilib, ishchilarni vayrona o‘chog‘idan evakuatsiya qilish va qutqaruv ishlaridagi amaliy tajribalari sinovdan o‘tkazildi. 

Tadbirda OKMK dispetcherlik xizmati, Fuqaro muhofazasi otryadi, OKMK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, fabrika dispetcherlik xizmati, fabrika FM tuzilmasi va tibbiy punkti xodimlari ishtirok etishdi.

Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, soat 09.00 da 2-MBF dispetcherlik xizmatiga, kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida fabrika maydalash bo‘limining maydalash korpusi binosi yonidagi nishab tepalikdan tahminan 50 metr kub tosh-tuproq qatlami ko‘chib tushib, binoni bir qismini vayron qiladi. Ko‘chki oqibatida ta'mirlash maydonidagi metalkonstruksiyalar qulaganligi, buning oqibatida esa binoda elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lganligi va jarohatlanganlar borligi haqida xabar kelib tushdi.

Shundan so‘ng, zudlik bilan fabrika rahbariyati topshirig‘i bilan o‘quv shtabi tuzildi. Shtabi boshlig‘i boshchiligida dispetcherlik xizmati imkoniyati orqali xabar berish rejasiga muvofiq barchaga xabar berish tashkil qilindi. Jabrlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni Olmaliq shahrining tibbiyot birlashmasiga yetkazib borish tashkillashtirildi.

Avariya texnik komandasi FV oqibatlarini bartaraf etish va tovar moddiy boyliklarni vayronalar ostidan olib chiqish ishlarini tashkillashtirishdi.

Yong‘in “Olmaliq KMK” AJning OYoXTTE bo‘limi o‘t o‘chiruvchilari va fabrika FM ko‘ngilli o‘t o‘chirish guruhi shaxsiy tarkibi hamkorligida to‘liq o‘chirildi.

Fabrikani va tovar moddiy boyliklarni qo‘riqlanishi Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati shaxsiy tarkibi tomonidan amalga oshirildi.   

O‘quv mashg‘ulot chog‘ida FM tuzilmalari xavfsizlik choralariga muvoffiq qutqaruv ishlarini tashkil etdilar.

Maxsus taktik o‘quv mashg‘ulot yakunida fabrikaning FM tuzilmalari shaxsiy tarkibi murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi va o‘quv mashg‘ulotda ishtirok etgan hamkor tashkilotlar bilan harakat qilishiga doir muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Fuqaro muhofazasi otryadi komandiri tomonidan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotda ishtirok etgan 2-MBF FM shtab a'zolarining va FM tuzilmalarining qutqaruv ishlari boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi harakati tayyorgarligi namunali “tayyor” deb baholandi. 

 Davron Xamzayev,

2-MBF direktorining tartibot va tovar moddiy boyliklari butligi bo‘yicha o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech