• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2-MBFda eng yaxshi elektrgazpayvandlovchilar saralandi

16 Avgust 2022, 11:0 1516

Ulkan pechlar, maydalash, yanchish uskunalari, gigant avtoulovlar... Ishlab chiqarishning rudadan tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlarida o‘ta ahamiyatli bo‘lgan uskuna va ulovlarning mustahkamligi, har bir bosqichning kamchiliklarsiz amalga oshirilishida elektrogazpayvandlovchilar muhim o‘ringa ega. 

Metall payvandlash bu shunchaki ikki jismni bir biriga ulab qo‘yishgina emas balki kishidan sabr, vaqt va albatta yuqori malaka talab qiladigan vazifadir. Murakkab va keng ko‘lamli jarayon sanalgan payvandlash ustalari OKMK tarkibiy bo‘linmalarida o‘z faoliyatini olib boradi.

Rudani boyitish jarayonlari amalga oshiriladigan 2-Mis boyitish fabrikasida ham 50 dan oshiq payvandlovchilar o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Ularning mahoratini sinovdan o‘tkazish va mustahkamlash maqsadida fabrika yoshlar ittifoqi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.

Sex va bo‘linmalarda  mehnat qili kelayotgan 7 nafar eletrogazopayvandchilar dastlab nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida 10 ta test savollariga javob berishdi. Shundan so‘ng, qatnashchilarning mahorati asosiy shartda sinovdan o‘tdi. Bunda 8 mmlik temir listini  belgilangan me'yorlar asosida payvandlash topshirig‘i bajarildi.

Ushbu mas'uliyatli vazifani bajarishda nafaqat tayyor mahsulot baholandi balki uskunani to‘g‘ri ishlatish, sifatli va to‘g‘ri choklar va yakuniy mustahkam mahsulotga e'tibor qaratildi.

Har ikki bosqich natijalariga ko‘ra, Maydalash sexi  elektrogazpayvandchisi Davron To‘ychiyev uchinchi, Yanchish va flotasiyalash bo‘limi elektrogazpayvandchisi  Otabek Salimov ikkinchi o‘ringa munosib topildi.

Payvandlash amaliyotini belgilangan tartibda bajargan Maydalash sexi hodimi Javohir Ergashev eng yaxshi elektrgazpayvandlovchi deya e'tirof etildi.

G‘oliblar kasaba uyushmasi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech