Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi ham barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 2023-yil uchun belgilangan prognozlarni muddatidan avval bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Jumladan, joriy yilning 17-dekabr kuni xom ashyoni qabul qilish rejasi 104,3%ga, uni qayta ishlash rejasi 104,1 % ga bajarildi.
Ushbu asosiy rejalarning bajarilishida har bir ishchi-xodimning o‘z ishiga puxta yondashishi, texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat'iy amal qilish kabi omillar yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ma'lumot uchun: joriy yilning 6-noyabr kuni 2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi tomonidan muddatidan oldin misning boyitmaga chiqishi ko‘rsatgichi rejasi xom-ashyoda 108,3%ga, ma'danda 105,3%ga, toshqolda esa 115,5%ga bajarishgan.
Ilxom Matmusayev,
2-MBF ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i