• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2-Mis boyitish fabrikasining 70 yilligi nishonlandi

21 Avgust 2024, 15:21 617

Ma'lumki, bu yil Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan sanalgan 2-Mis boyitish fabrikasi tashkil topganligiga 70 yil to‘ladi.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan bir qator bayram tadbirlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Bugun 70 yillik tantanalar doirasida fabrika ishchi-xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Bir dasturxon atrofiga jam bo‘lgan fabrika mehnat jamoasiga OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov va kombinat xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarovlar samimiy tilaklarini bildirishdi. Kombinat tomonidan belgilangan ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishida fabrika jamoasining zalvorli mehnati va hissasi borligi e'tirof etildi.

Tadbir davomida 30 nafar ilg‘or ishchi-xodimlarga, mehnat faxriylariga qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

“Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan, ajoyib kuy-qo‘shiqlarni jamlagan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi 70 yillik yubiley sanasini yuqori mehnat unumdorligiga erishgan holda kutib olishmoqda. Jumladan, fabrika tomonidan joriy yilning 7 oyida davomida mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha prognoz 103,8% ga bajarilib, +103,1% lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

Ma'lumot uchun: 2-Mis boyitish fabrikasining tarixi 1954-yil aprel oyidan, ya'ni qo‘rg‘oshin-ruxni qayta ishlash fabrikasining birinchi texnologik bo‘linmasi ishga tushgan vaqtdan boshlanadi. 1956-yil may oyiga qadar jami beshta bo‘linma foydalanishga topshirilib, o‘sha davrda mamlakat bo‘yicha qo‘rg‘oshin-rux ma'danlarini qayta ishlovchi eng yirik boyitish korxonasi hisoblangan. Texnologik sikl va qayta ishlanadigan xomashyo manbaidagi o‘zgarishlarni inobatga olingan holda 2011-yil 1-avgustdan boshlab fabrika 2-Mis boyitish fabrikasi deb nomlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2-Mis boyitish fabrikasining 70 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari shu hafta ham davom ettiriladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech