• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2-sonli transport sexi jamoasi yillik marralarni zabt etishdi

05 Dekabr 2023, 16:11 408

Texnologik transport boshqarmasining 2-sonli transport sexi mehnat jamoasi yillik vazifalarni muddatidan avval bajarishga erishdi.

Joriy yilning 3-dekabr kuni ushbu mehnat jamoasi tomonidan 2023-yilga belgilangan rejaviy vazifalar 100,2%ga muddatidan oldin bajarildi. Ushbu mehnat jamoasi asosan Sariq Cho‘qqi konidan tog‘ jinslarini tashish bilan shug‘ullanadi. 2023-yil uchun ushbu mehnat jamoasi oldiga 3 262 000 metr kub tog‘ jinsi tashish vazifasi yuklatilgan edi. Amalda esa 3 267 000 metr kub tog‘ jinsi o‘z manziliga yetkazildi.

Abbos Mirzavaliyev boshchilik qilib kelayotgan ushbu sexning texnoparkida yuk ko‘tarish quvvati 130 tonna bo‘lgan BelAZ-75131 rusumli 9 dona avtogigantlar, xo‘jalik ishlarini bajarishda foydalaniladigan 11 ta avtotransport vositalari mavjud.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech