• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2021-yilda 1,1 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilingan

10 Yanvar 2022, 16:54 1400

O‘tgan 2021-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan belgilangan vazifalar oshig‘i bilan bajarildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish borasida ham kombinat tomonidan rekord natija qayd etilganini alohida ta'kidlash joiz. O‘tgan yilda kombinat tomonidan jami bo‘lib 1 124 203 ming dollarlik mahsulot eksport amalga oshirildi.

Jumladan eksport qilingan mahsulotlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, o‘tgan yili xorijlik xaridorlarga 92535 tonna mis mahsulotlari yuborilgan bo‘lib, reja 108,9%ga uddalangan.

Importyorlarga 81134 tonnasi mis katodi, 6 291 tonna mis katankasi, 5 111 tonna mis quvurlari, 13861 tonna mis kuporosi eksport qilingan.

Shuningdek, dunyo bozorida yildan yilga talabgir bo‘lib borayotgan rux metalli eksportida ham salmoqli natijalar qayd etilgan. O‘tgan yilda jami bo‘lib 63880 tonna rux mahsulotlari xorijga jo‘natilgan. 62232 tonna tonna rux metali, 1648 tonna rux kuporosi eksporti amalga oshirilgan.

Sulfat kislotasi eksportida ham salmoqli ko‘rsatkich qayd etilgan. 86102 tonna ushbu mahsulot importyorlarga yuborilib, rejaviy vazifa 430,5%ga bajarildi.

Molibden eksportida ham 2021 yilda yuqori natija saqlandi. Xususan, 862 tonna molibden xorijlik xaridorlarga yuborilib, reja 137,4%ga uddalangan.

Shuningdek, reniy (reja 236,9 %), volfram (reja 117,7%), palladiy kukuni (reja 177,5%), selen (reja 232%), tellur (reja 148,3%) kabi mahsulotlar eksportida ham yuqori ko‘rsatkichilar kuzatildi.

Portlandsement va kulrang sement eksportida ham yuqori natijalarga erishilgan.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

OKMK Axborot xizmati

 

Bo`lishmoq:
Text to speech