• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2022 yil - “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”. 8-sayyor rayosat yig‘ilishi

01 Iyul 2022, 9:12 952

Joriy yilning 28 iyun kuni OKMK xodimlari kasaba uyushmasining 8-sayyor rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Rayosat majlisida Kengash prezidiumi a'zolari, Kasaba uyushmasi Kengashi apparati mas'ul xodimlari, kombinat kasaba uyushmasining boshlang‘ich va quyi tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, doimiy komissiya raislari faol ishtirok etishdi. Tadbir avvalida kombinat Kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov so‘z olib, yig‘ilish mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Kun tartibidagi birinchi masala - “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasi, Mis eritish zavodi va Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi sexlarida “Ma'naviyat va ma'rifat” xonalari hamda burchaklarini jihozlash masalasi bo‘ldi. Ushbu masala yuzasidan Kasaba uyushmasi Kengashi huzuridagi ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha komissiya raisi Farog‘at Matkarimova so‘zga chiqdi. Shuningdek, tadbir davomida Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Avtomobil' transporti boshqarmasi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va Angren kon boshqarmalarida jamoa shartnomasida xotin-qizlar uchun ko‘zda tutilgan imtiyoz va kafolatlarning bajarilishi, mehnat muhofazasi, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlari himoyasi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi Viloyat Davletova hisobot berdi.

Shuningdek, Rayosat majlisida “Boshlang‘ich tashkilotlar kuni” dasturi doirasida “Neft mahsulotlari ta'minoti” boshqarmasi kasaba uyushmasiga amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Tadbirda tibbiyot xizmati rahbari Abdujabbor To‘xtaboyev ham so‘z olib, bugungi kunda koronavirus kasalligining yangi shtammlari paydo bo‘lgani, kasallikni eng yaxshi profilaktikasi vaksina olish ekanligin ta'kidladi. Hozirda buster doza vaksinasini olish eng samarali yo‘l ekanligini bildirdi.

Darvoqe, inson sha'ni, qadri va manfaatlari ustuvor bo‘lgan mamlakatda istiqomat qilarkanmiz, bu kabi davra suhbatlari, umuman tadbirlar mazmunan shunga qaratilganligini his etamiz. Bu kabi tadbirlar korxonalar bo‘ylab bardavomlik kasb etadi.

Umida Djalilova,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari

kasaba uyushmasi apparati, tashkiliy

 masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech