Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘tgan 2022-yil Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi uchun samarali bo‘ldi.
So‘zlarimiz isbotini raqamlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Birlashma mehnat jamoasi tomonidan 431 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, rejaviy vazifa 184,4%ga bajarildi.
Shundan tovar mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 396,2 mlrd so‘mlik natija qayd etilib, reja 201,2%ga ado etilgan.
Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 1177,2 tonna molibden 3 oksidi tayyorlangan holda reja 115,2%ga, 778,3 tonna molibden shtabigi va briketlari ishlab chiqilib, vazifa 115,9%ga bajarilgan.
Olovbardosh keramik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 936,5 tonnalik natija qayd etilgan holda reja 119,7%ga bajarilishiga erishilgan.
Shuningdek, molibden metallini ishlab chiqarish bo‘yicha reja 113%ga ado etilib, 90,3 tonna ushbu mahsulot tayyorlangan.
Birlashmada mahsulotlar eksporti borasida ham salmoqli natijalar qayd etilgan. Xususan, 32,768 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 280,1% ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Bundan tashqari, birlashmada mahalliylashtirish dasturi ijrosi ham samarali ta'minlangan. Dastur doirasida 42ta loyiha amalga oshirilib, 111 392,9 mln so‘mlik mahsulot ishlab chiqilgan va reja 101,6%ga bajarilgan.
Axborot xizmati