• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

2022-yilda OKMK eksport geografiyasi kengaydi

07 Yanvar 2023, 10:32 2589

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2022-yilda eksport bo‘yicha rejaviy vazifalar ham oshig‘i bilan bajarildi.

Jumladan, o‘tgan yilda 855,5 mln dollarlik mahsulotlar eksporti rejasi belgilangan bo‘lib, amalda ushbu ko‘rsatkich 947,5 mln dollarni yoki rejaga nisbatan 110,8% ni tashkil etmoqda.

Mahsulotlar kesimida 75208 tonna mis mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan holda reja 101,9%ga bajarilgan.

Rux mahsulotlari eksporti rejasi esa 115,9%ga uddalanib, 58737 tonna ushbu mahsulot xorijga jo‘natilgan.

Shuningdek, selen, tellur, mis kuporosi, sulfat kislotasi, kadmiy, palladiy kukuni, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham rejalarning bajarilishi ta'minlandi.

O‘tgan yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi kengaydi. Yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Shuningdek, 2022-yilda OKMKda ishlab chiqarilgan mis konsentratlaridan iborat birinchi konteyner blok poyezdi Bolgariyaning Burgas shahriga yuborildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu