• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2022-yilning boshida kombinat 71 070 000 dollarlik eksportni amalga oshirdi

07 Fevral 2022, 14:51 1375

2022-yilning yanvar oyida OKMK tomonidan barcha ishlab chiqarish bashorat ko‘rsatkichlari bajarilishi barobarida eksport bo‘yicha ham salmoqli natija qayd etildi.

Jumladan, 2022-yilning yanvar oyi bo‘yicha 46 080 000 dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan edi. Amalda esa 71 070 000 dollarga mahsulot eksport qilindi. Reja esa 154,2%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Mahsulotlar kesimida qaraydigan bo‘lsak, 5080 tonna mis mahsulotlari importyorlarga yetkazib berilgan. Rejaviy vazifa esa 123,9%ga uddalangan. Mis katodi eksportida ham yuqori samaradorlikka erishilgan. Reja 143,1%ga bajarilgan holda 5009 tonna ushbu mahsulot xaridorlarga yuborilgan.

Yana bir yuqori samaradorlik rux mahsulotlarini eksportida ham kuzatilgan. Xususan, ushbu yo‘nalishda rejaviy vazifa 198,7%ga uddalangan. 4967 tonna rux mahsulotlari importyorlarga yetkazib berilgan.

Mis kuporosi, kadmiy, volfram,sement, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham ko‘zlangan natijaga erishilgan.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech