• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2023-yil sarhisobi

03 Yanvar 2024, 9:15 420

Mana 2023-yil o‘z yakuniga yetib, 2024-yil boshlandi. Har bir sohada bo‘lgani kabi Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi mehnat jamoasida ham 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha sarhisob qilindi.

“Metallurg” madaniyat saroyida tashkil etilgan sarhisob tadbirida "Yilning eng tashabbuskor mudirasi" deb 35-sonli maktabgacha ta'lim takshiloti mudirasi Iroda Soatova e'tirof etildi.

Shuningdek, tadbirda Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovi g‘oliblari ham taqdirlanishdi. Jumladan, 35-MTT, 39-MTT hamda 18-MTTlar g‘oliblar sifatida tanlab olindi.

Bundan tashqari, 2023-yil yil sarhisobi va yakuni bo‘yicha “Eng yaxshi maktabgacha ta'lim tashkiloti” yo‘nalishida ham g‘oliblar aniqlandi. Ushbu yo‘nalishda eng yaxshi MTTlar 15ta mezon bo‘yicha baholanishdi. Unga ko‘ra, 1-o‘rin 35-MTTga nasib etdi. 2-o‘rinni 31-MTT, 3-o‘rinni esa 39-MTT mehnat jamoasi egallashdi.

Tadbirda barcha faol, tashabbuskor yoshlar ham rag‘batlantirilib, ularga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Farog‘at Matkarimova,

IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech