Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2023-yilda barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta'minlandi.
Jumladan, prognoz bo‘yicha 29 843 000 288 ming so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lib, amalda 31 663 049 110 ming so‘mlik mahsulotlar tayyorlangan. Prognoz esa 106,1%ga bajarilgan.
Shuningdek, 6 467 922 ming so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari, mis rudasi qazib olish bo‘yicha prognoz 102,3%ga bajarilgan, o‘sish sur'ati esa +106,7%ni tashkil etdi.
Mis xom ashyosini qayta ishlash prognozi 100,6% bo‘lgan holda, o‘sish sur'ati +107,3%ga yetkazildi.
Asosiy mahsulotimiz sanalgan mis ishlab chiqarish prognozi bo‘yicha 100%lik natija qayd etildi.
O‘z xom ashyomizdan mis ishlab chiqarish prognozi ham 103,1%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 105,7%ni tashkil etdi.
O‘z xom ashyomizdan rux metallini tayyorlash prognozida 101,4%lik natija qayd etildi.
Polimetall ruda qazib olish(104,9%) va uni qayta ishlash(104,7%) prognozlari ham oshig‘i bilan bajarilishi ta'minlandi.
Shuningdek, oltin tarkibli rudalarni qazib olish(103%) va uni qayta ishlash(103,1%) prognozlari ham oshig‘i bilan bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen va tellur, perranat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi, volfram 3 oksidi kabi mahsulotlarning ishlab chiqarish prognozlari ham bajarilgan.
Ishlab chiqarish prognozlarini bajarilishida Qalmoqqir kon boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, 2-Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Rux zavodi, Xondiza kon boshqarmasi, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi tarkibiy bo‘linmalarni alohida e'tirof etish zarur.
OKMK Axborot xizmati