• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2023-yilda OKMKda eksport prognozi bajarilishi ta'minlandi

06 Yanvar 2024, 8:46 1663

Infografika

O‘tgan 2023-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan umumiy qiymati 661 879 000 dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, belgilangan eksport prognozi oshig‘i bilan bajarildi. 2023-yil uchun mahsulotlar eksporti borasida 645 394 000 dollarlik prognoz belgilangan edi. Prognoz 102,6%ga bajarildi.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 56 894 tonna mis mahsulotlarining eksporti amalga oshirilgan.

Shuningdek, 41 607 tonna rux mahsulotlari xorijlik importyorlarga yuborilgan.

Bundan tashqari, xorijiy iste'molchilarga 840 tonna molibden mahsuloti, 22728 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati, 5045 tonna mis kuporosi kabi mahsulotlar yetkazib berilgan.

Reniy, kadmiy, tellur, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksportida ham belgilangan prognozlar bajarilishiga erishilgan.

Ma'lumot uchun: kombinat mahsulotlari eksporti prognozi 2023-yil 25-dekabr kuni muddatidan avval bajarilgan edi. Hozirda mahsulotlar 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan-yilga mahsulotlar eksport geografiyasi kengayib borayapti. Jumladan, 2023-yilda mis kuporosining eksportida yangi bozorlar – Meksika va Finlyandiya kabi davlatlari o‘zlashtirildi. Mazkur mahsulotning eksport qilinishi kombinatda ushbu mahsulotning sifatini yanada yaxshilanishi, sifat sertifikatlarini joriy qilinishi va mahsulotning jahon standartlariga to‘liq mos kelishi sababli desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yana bir ahamiyatli jihat 2023-yilda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan 22,8 mln. dollar qiymatidagi mis katankasi mahsuloti Amerika Qo‘shma Shtatlariga eksport qilindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech