Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33"Keksalari e'zozlangan yurtning kelajagi albatta porloq bo‘ladi", deyishadi. Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi 21-MTTda "Uch avlod vakillarining uchrashuvi" madaniy-ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda nuroniy faxriy ustozlarimiz hayotdan rozilik, shukronalik va bayram kayfiyatlari og‘ushida dil izhorlarini aytishdi.
Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida go‘zal an'anaga aylandi.
O‘zaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e'tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a'zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot ta'kidlandi.
Yoshi ulug‘ faxriylarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdilar. El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlarda Yangi O‘zbekiston yoshlari, qaddi-basti kelishgan, Uchinchi Renessansning yaratuvchilari bugungi ishonchli yoshlarimiz purma'no hikmatlarni dasturamal qilishlarini aytishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya sanoati Olmaliq hududiy faxriylar kengashi vakili Tohir Mavlyanov va IOB kasaba uyushmasi raisi Farog‘at Matkarimovalar ishtirok etdilar.
Inoyat Azizova,
IOB ma'naviyat ishlari komissiyasi raisi