Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kecha OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi 21-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan ma'naviyat soati tashkil etildi.
2023-yil - “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” deb nomlanishi mamlakatimizda inson qadrining yuksalib borayotganligi, qolaversa, taraqqiyotning omili hisoblangan ilm-fanga kelajakning asosiy poydevori va sarmoyasi sifatida yondashilayotgani xususida so‘z yuritildi.
Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilinishi, buni Konstitusiyada mustahkamlash lozimligi, ijtimoiy davlat - eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratishi haqidagi mohiyati haqida fikr mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ushbu tadbirda mustaqillik asoschisi birinchi Prezident I.A.Karimov xotirasi yod olindi. Yoshlar ittifoqi a'zolari uning 32 dan ortiq asarlari xususida so‘z yuritishdi. Tadbirda IOB ma'naviyat ishlari komissiya raislari va tarbiyachilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida I.Karimovning asarlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Inoyat Azizova,
IOB ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha komissiya raisi