"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va yaratilgan qulay investitsiya muhiti natijasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining xalqaro maydondagi nufuzi yildan-yilga yuksalib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning yetakchi davlatlarining yirik kompaniyalari OKMK bilan uzoq muddatli hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu esa kombinatning nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqa iqtisodiyotidagi strategik o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.
2026-yil 19-yanvar kuni OKMKga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklarining 2PointZero kompaniyasi vakillari ham kombinat bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha katta qiziqish bildirishdi.
Mehmonlar dastlab, dunyodagi eng yirik konlardan biri bo‘lgan Qalmoqqir koni bo‘lishib, kondagi texnologik ishlab chiqarish jarayonini kuzatishdi.
Kompaniya vakillarining keyingi manzili —mega loyiha doirasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Yoshlik-1” koni bo‘ldi. Bu yerda mehmonlar konni o‘zlashtirishning borishi, zamonaviy texnikalarning ishlash jarayoni va qazib olish hajmlari bilan yaqindan tanishdilar. Xorijiy mutaxassislarda konning raqamlashtirilgan boshqaruv tizimi va ulkan ishlab chiqarish quvvati katta taassurot qoldirdi.
Shundan so‘ng, OKMK rahbariyati va 2PointZero kompaniyasining (BAA) rivojlanish bo‘yicha bosh ijrochi direktori Haled Al Kaabi, investitsiyalar bo‘yicha direktori Salmon Bhatti ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.
Muzokaralar davomida kompaniya bilan birgalikda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar, istiqbolli maydonlarda geofizika ishlarini olib borish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: ePointZero— Abu-Dabi shahrida (BAA) tashkil etilgan global energetika va investitsiya platformasi bo‘lib, barqaror energetika, sanoatni dekarbonizatsiya qilish hamda zamonaviy energetik texnologiyalarni joriy etishga ixtisoslashgan. Kompaniya International Holding Company (IHC) boshqaruvi ostidagi 2PointZero investitsiya guruhi ekotizimiga kiradi. ePointZero energetika va sanoat zanjirining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh va shamol energetikasi), gibrid yechimlar, energiyani saqlash tizimlari (BESS), sanoat va yuqori energiya talab etuvchi tarmoqlar uchun kompleks dekarbonizatsiya dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya loyihalari Yaqin Sharq, Afrika va Osiyo bozorlarida Masdar, TotalEnergies va boshqa yetakchi xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Axborot xizmati