• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

3-Mis boyitish fabrikasi: Aylanma suv sovutish minorasi oʻrnatilmoqda

05 Iyul 2024, 9:14 649

“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha “Yoshlik-1 konini oʻzlashtirish” investitsiyaviy loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda jihozlarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda 3-Mis boyitish fabrikasida boshqa fabrikalarda mavjud boʻlmagan, zamonaviy yuqori samaradorlikga ega boʻlgan NCF-72724712-FL3 markali suv sovutish inshooti oʻrnatilmoqda. Mazkur inshoot Maydalash sexining mayda maydalash binosida oʻrnatilgan 6 dona 3-bosqich maydalagichi HPGR 24/19-9 yuqori bosimli valokli maydalagichlari,  oʻrta maydalash binosiga oʻrnatilgan  8 dona КSD 3000/1500 markali oʻrta maydalagichlari va Yanchish va flotatsiyalash sexida oʻrnatilgan 12 dona MSHS 13000/7300 tegirmonlarning moyli tizimini suvli sovitish tizimi hisoblanadi.

- Fabrikada amalga oshiriladigan boyitish jarayonida muhim ahamyat kasb etuvchi 6 ta monoseksiya mavjud boʻlib, 5- va 6- monoseksiyalarga hajmi 300 kublik pnevmomexanik flotomashinalari, 1-bosqich tozalash jarayoniga 50 kublik pnevmomexanik flotomashinalari, 2-bosqich tozalash jarayoniga 20 kublik pnevmomexanik flotomashinalari toʻliq oʻrnatib boʻlindi. Hozirda ularning yordamchi tizimlarini oʻrnatish va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda, - deydi 3-MBF loyihasi bosh texnologi Muhriddin Nuriddinov. - Fabrikadagi mavjud sharli tegirmonlar, konus maydalagichlar, HPGR 24/19-9 yuqori bosimli valokli maydalagichlarining elektr dvigatellari, reduktorlarini sovitish tizimiga ya`ni suv bilan sovitishga moʻljallangan gradirnyalarning qurilishi yakunlanish arafasida. 3 ta blokdan tashkil topgan gradirnya tizimi qurilishi amalga oshirilmoqda. Ventilyatorlar, 2 boshqichli kimyoviy tozalash tizimi va 1 bosqichli filtratsiya tizimi joriy etulgan boʻlib, ular tegirmonlar va maydalagichlar dvigatellaridan qaytgan issiq suvni qaytadan sovitib, oʻzlariga qaytarib yuboradi.

Ushbu sovitish inshoati 3 ta sovutish minorasidan iborat boʻlib, 2 ta ishchi 1 ta zahira hisoblanadi.  Har bir sovutish minorasi 700 m3 suvni sovutish quvvatiga ega.  Sovutish inshooti moyli tizimdagi issiqlikni suvga oʻtkazib, isigan suv maxsus suv purkagich qurilmalarda 2-3 mm oʻlchamdagi mayda tomchilarga boʻlinadi. Ushbu jarayonda ventilyator yordamida 400 C darajagacha qizigan zarrachalar bug`lanib suv harorati 300 C haroratga tushadi va qayta tizimga joʻnatiladi. Bug`lanish natijasida yoʻqotilgan suv miqdorini oʻrnini toʻldirish uchun soatiga 31 m3 suv bilan ta`minlanadi. Suv inshooti toʻliq avtomatlashtirilgan boʻlib, inson omili kamaytirilgan.  Sovitish inshootining afzalligi suv sarfini soatiga 1368 m3/soatigacha tejash imkonini beradi.

Ayni vaqtga kelib 3-mis boyitish fabrikasida asosiy uskunalar oʻrnatilib, yordamchi uchastkalarni jihozlash ishlari davom etmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech