Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘rta Osiyo mamlakatlarida yagona, quvvati 60 mln tonna mis-molibden rudasini qayta ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan, OKMKning “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida bunyod etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasida qurilish jarayonlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Fabrika uchun tanlangan texnologiya zamonaviy va eng samarador hisoblanadi.
Kezi kelganda aytib o‘tish kerakki bu yerdagi har bir bo‘linma eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanmoqda.
Rudalarni boyitish jarayonlari asosan tayyorlov, asosiy va yordamchi jarayonlardan iborat bolib bu jarayonlarni amalga oshirish davomida Maydalash bosqichining o‘rni muhim hisoblanadi. 3-Mis boyitish fabrikasi maydalash sexi umumiy maydoni 26 gektardan ortiq hududni tashkil etadi.
Katta hajmli rudalarni saqlash ombori 320 ming tonna rudalarni saqlash imkoniyatiga ega yirik rudalarni saqlash ombori, soatiga 8 297 tonna rudani maydalay olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘rta maydalash va ishlab chiqarish 18 799 tonna/soatni tashkil etuvchi quruq g‘arvirlash bo‘limidan hamda ishlab chiqarish quvvati 17 390 tonna /soatni tashkil etuvchi mayda maydalash va soatiga 17 390 tonna/soat rudani g‘alvirlash imkoniyatiga ega suvli g‘alvirlash bo’limlaridan iborat.
Mazkur sex ishga tushurilishi natijasida umumiy 483 nafar muhandis va texnik xodimlar uchun ish o‘rni yaratiladi.
“Yoshlik 1” konida yirik maydalangan rudalar kengligi 2000 mm dan iborat 2-ta asosiy tasmali konveyrlar orqali 4 km masofani bosib o‘tib 3-Mis boyitish fabrikasi Yirik rudalarni saqlash omboriga keltiriladi. Diametri 400-100 mmgacha bo‘lgan rudalar yirik rudalarni saqlash ombori ostida joylashgan 8-tadan 2 qatorda ta’minlagichlar joylashgan ta’minlagichlar orqali ishlab chiqarish quvvati soatiga 1360 tonnani tashkil etuvchi AUMUND (Germaniya)BPB-SF-2200/150 markali plastinali ta’minlagichlarga uzatiladi. Tasmali ta’minlagichlar esa rudalarni 1-2 asosiy tasmali konveyerlarga taminlab beradi. 1-2 asosiy konveyerlar rudalarni birlamchi sinflarga ajratish maqsadida quruq g‘alvirlash bo’limiga yetkazib beradi. Maydalash sexi barcha bo’linmalarida jarayonlar yopiq siklda olib boriladi.
Quruq g’alvirlash bo’limining asosiy vazifasi rudalarni daslabki sinflarga berish orqali o’rta mayadalsh bosqichidagi uskunalarga tushuvchi yuklamalarni kamaytirish. Ayni kunlarda bo’linmada qurilish ishlari yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Bo‘linmaning asosiy inshoatida loyihada amalga oshirilishi belgilangan 36150 m3 beton ishlaridan 95 foiz ishlar yakuniga yetkazilgan. Ayni kunlarda bo‘linma uchun Rossiyaning Pnevmash zavodida ishlab chiqarilgan 8 ta SHL-30-21×2F, SHL-30*21.2F markali ishlab chiqarish quvvati 3 150 tonna/soatni tashkil etuvchi g‘alvirlash dastgohlari o‘rnatiladi. Quruq g‘alvirlash bo‘limimning afzalliklari jarayonni amalga oshirish orqali yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatgichlariga erishiladi hamda rudalarni dastlabki sinflarga ajratish orqali 60 mm dan kichik hajmdagi rudalar to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi mayadalsh bosqichiga yuborish orqali o‘rta maydalash bosqichidagi uskunalarga tushuvchi yuklamaning qisman kamayishiga erishiladi. Natijada energiya tejamkorligi asbob va uskunalarning yemirilish yuklamalari kamayishi va eng asosiysi texnologik jarayonlarning usluksizligi ta’minlanishiga erishiladi.
Axborot xizmati