Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Ma'lumki, ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mega loyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi asosida 3-mis boyitish fabrikasining qurilishi jadal sur'atlarda davom etmoqda.
Yiliga 60 mln tonna ma'danni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 3-MBFning sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinayapti.
Ayni paytga kelib, Ohangaron tumani hududida joylashgan “Qoraxitoy-Aqchasoy” yer osti suv havzasida loyiha bo‘yicha jami bo‘lib 39 ta yer osti quduqlari burg‘ulandi. Har bir quduqnining quvvati soatiga 320 metr kub/soat bo‘lib, suv havzasi jami har soatda 9600 metr/kub suv yetkazib beradi.
“Qoraxitoy-Aqchasoy” yer osti suv havzasidagi 39 ta yer osti quduqlari 2 qatorda bo‘lib, ushbu quduqlar suv yig‘ish kollektoriga yig‘ib beradi. Suvlar 2 ta diametri 1200 mm bo‘lgan quvurlar yordamida fabrikaga yetkazib beriladi.
Bu fabrikaning sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini 40%ni qondiradi. Yer osti suv havzasini barpo etishdan tashqari parallel ravishda ushbu obyektni elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun “Qoraxitoy” nimstansiyasi ham qurildi. Ushbu nimstansiyaga quvvati 4 000 kilovolt amperga teng bo‘lgan transformatorlar o‘rnatildi.
Bundan tashqari, fabrikaning sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida Piskent tumani hududida “Saganak”, “Quyi Saganak” va “Kultepa” yer osti suv havzalarida ham izlanish ishlari olib borilib, ushbu yer osti suv havzalarida jami bo‘lib yana qo‘shimcha ravishda 62ta yer osti quduqlari burg‘ulandi.
Fabrikaga sanoat suvi Sanoat suv ta'minoti boshqarmasining 8-sonli Kultepa uchastkasi orqali yetkazib beriladi. Ushbu uchastka ham yangi tashkil etilgan bo‘lib, uchastka sanoat suvini “Saganak”, “Quyi Saganak” va “Kultepa-1” yer osti suv havzalaridan oladi. Uchastka katta ustasi Akmal Norqulovning ma'lum qilishicha, sanoat suvi uchastka hududidagi har birining sig‘imi 20 ming kub bo‘lgan 3 ta rezervuarga yig‘iladi. Pudrat tashkiloti tomonidan hozirda 3 ta rezervuarning qurilishi ham deyarli yakunlangan. Ularning 2 tasida izolyatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. 1 tasi to‘liq ishlashga shay bo‘lib, kuni kecha Qoraxitoy-Aqchasoy” yer osti suv havzasidan suv to‘liq yig‘ildi va sinov tariqasida 8-sonli nasos orqali 3-MBFga suv yetkazib berildi.
Rezervuarlarga yig‘ilgan suv “Willa” nasoslari orqali fabrikaga 3 ta suv tortish quvurlari orqali yetkaziladi. Hozirda 7-sonli nasosni ulash, sinov ishlari olib borilmoqda.
Uchastkadagi mavjud 8 ta nasosning 2 tasi ishlashga tayyor, 6 tasida montaj ishlari qilinmoqda. Zarur, hamma texnologik uskunalar olib kelindi. Ushbu uchastkani va Kultepa-1 nasos stansiyasini hamda suv havzalarini ham elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/10 kilovoltli zamonaviy “Kultepa-2” nimstansiyasi ham paralel ravishda qurildi. Uchastkadagi jarayon to‘liq avtomatlashtirilgan. Mazkur uchastka tomonidan 3-MBFga soatiga 23500 kub metr suv yetkazib beriladi.
Sherzod Tilovberdiyev
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: