• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

3-turdan so‘ng AGMK basketbol jamoasi peshqadam

24 May 2023, 7:58 1776

9-13 may kunlari Navoiy shahrida sportning basketbol turi bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida birinchi va oliy liga jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda ishtirok etayotgan murabbiy Jahongir Xodjayev boshchiligidagi AGMK basketbol jamoasi ham 3-tur uchrashuvlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdi.

“So‘g‘diyona” FSK jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda AGMK basketbolchilari 88-41 hisobida zafar quchishdi.

Ikkinchi kungi o‘yinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi esa 78-35 hisobida mag‘lub etildi.

“So‘g‘diyona” FSK jamoasi bilan kechgan uchinchi kungi bahslarda AGMK jamoasi 74-26 hisobida yana bir bora g‘olib bo‘ldi.

Poytaxtliklar bilan kechgan to‘rtinchi kun o‘yinida esa AGMK jamoasi 78-54 hisobida ustun keldi.

13-may kuni bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi bilan kechgan o‘yinda AGMK jamoasi 71-34 hisobida g‘alaba qozondi.

3-tur o‘yinlaridan so‘ng AGMK jamoasi 30 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech