• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

3-TYS: obod manzillar

21 Iyul 2023, 14:14 737

1987-yilda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Olmaliq KMK” AJ Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining 3-Temiryo‘l sexi shu kunga qadar STTBda mavjud bo‘lgan temiryo‘l texnikalarining uzluksiz faoliyat yuritishiga hissa qo‘shib kelmoqda. Yangi depo deya xalqona e'tirofni qozongan mazkur sex o‘z tarixining salkam qirq yili davomida istiqbollarga intilib kelishi bilan doimo e'tibor markazida bo‘lgan.

Faoliyatining asosini elektrovozlar, teplovozlar, yo‘l va avtotraktor texnikalarini ta'mirlash tashkil etuvchi mazkur sex Lokomotiv deposi hamda Yo‘l va avtotraktor texnikalarini ta'mirlash depolaridan iborat.

Texnologik yuklarni tashishga xizmat qiladigan elektrovozlarning kapital ta'mirlari uzoq vaqt kombinatda chigal masalalardan biri bo‘lib keldi. Birgina elektrovozning harakatlanishi uchun 1000dan ortiq extiyot va butlovchi qismlar kerak bo‘ladi. Shu ma'noda elektrovozlar, teplovozlar, yo‘l va avtotraktor texnikalarini ta'mirlash, elektrovozlarning mukammal ishlashi uchun zaruriy butlovchi qismlarni o‘rnatish juda muhim. Mana shu jarayonlarda boshqarma tasarrufidagi 3-Temiryo‘l sexining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu yerda 2002 yili PE-2U(M) seriyasidagi elektrovozlarni kapital ta'mirdan chiqarilishi ilk bor yo‘lga qo‘yildi.

Texnologik yuklarni tashishga safarbar etilgan tortuv agregatlari soni boshqarma bo‘yicha 50dan ziyodni tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, mazkur sex zimmasidagi vazifalar qanchalik zalvorli ekanligiga guvoh bo‘lamiz.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kapital ta'mirlardan tashqari TR-1, TR-2, TR-3 texnik xizmat ko‘rsatishlar sifati va samaradorligini oshirish maqs adida 3-TYS Lokomotiv deposida 12 soatlik smenali faoliyat yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur sex asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida ham ibrat ko‘rsatib kelayotgan jamoalardan biri hisoblanadi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida sex xodimlari tomonidan 15 000 donadan ortiq daraxt ko‘chatlari hamda 40 000 mingdan ziyod turli manzarali gul ko‘chatlari depo hududiga ekildi. Joriy yilda 8000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda 80 000 mingdan ziyod gul ko‘chatlari ekilib, parvarishlab borilmoqda. Bundan tashqari, depo hududiga qarashli 4,2 gektar maydonni o‘zlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu maydonga 1000 metr beton bordyurlar yotqizildi va yashil makonga aylantirilib, tomchilab sug‘orish uchun 12 000 metrdan ortiq shlang hamda 600 metr plastik quvurlar tortildi.

2021-yilda temiryo‘lchilar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sog‘ligini mustahkamlash uchun sport majmuasi qurilib, foydalanish uchun ularni ixtiyoriga topshirildi. Bu majmuada sportning yengil atletika, og‘ir atletika, kurash, stol tennisi, shaxmat va shashka turlaridan xodimlar belgilangan jadval asosida mashg‘ulot olib borishadi.

Hasan ABDULLAYEV

Bo`lishmoq:
Text to speech