"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi barobarida mahsulotlar eksporti vazifalari ham oshig‘i bilan uddalandi.
2025-yil yanvar-aprel holati bo‘yicha OKMK tomonidan 147 106 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 104,0%ga bajarildi.
O‘tgan 4 oy mobaynida xorijlik iste'molchilarga 13 320 tonna mis mahsulotlari, 7 254 tonna rux mahsulotlari, 141 tonna kadmiy, 2 573 tonna mis kuporosi yuborilgan.
Ma'lumot uchun: Yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024-yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirildi.
OKMK Axborot xizmati