Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidna joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi ta'minlandi.
Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi 115,4%ga bajarilgan.
Qalmoqqir konida ma'dan qazib olish prognozi 100,6%ga bajarilishi ta'minlanib, o‘sish sur'ati esa +110% bo‘ldi.
Mis xom ashyosini qayt ishlash prognozida +103,9%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.
Konsentratda mis metalli va mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 100%ga bajarilgan. O‘z xom ashyomizdan mis(103,4%) va rux(125,8%) ishlab chiqarish vazifalari ham oshig‘i bilan ado etilgan.
Shuningdek, sulfat kislotasi ishlab chiqarish prognozida +101,3%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Bundan tashqari, Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall rudalarni qazib olish(101,6%), qayta ishlash(100,6%), rux konsentratida rux(107,6%) prognozlari oshig‘i bilan bajarilishiga erishilgan.
Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi mehnat jamoalarida ham oltin tarkiblii ma'danlarni qazib olish, qayta ishlash, konsentratda 1- va 2-metall prognozlarini ham yorug‘ yuz bilan bajarishganini alohida ta'kidlash joiz.
Mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlarning ishlab chiqarish prognozlari ham bajarilishi ta'minlangan.
Axborot xizmati