"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, ayni kunlarda Rux zavodida 6-sonli Sulfat kislotasi sexini barpo etish ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Mazkur sexning qurilishida Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi mehnat jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi mexanigi Sobit Jonsaidovning ma'lum qilishicha, 6-sonli Sulfat kislotasi sexining qurilishiga alohida tayyorgarlik ko‘rilgan. Boshqarma boshlig‘i Husniddin Sulaymanovning tashabbusi bilan korxonaning 3-, 4-, 7- va 8-sonli uchastkalaridan 6 nafar mutaxassis maxsus kurslarda o‘qitildi.
Bugungi kunda Ventilyatsiya va gaz tozalash uskunalarini ta'mirlash bo‘yicha 3-uchastka mehnat jamoasi FLSmidht va Metso Outotec kompaniyalarining vakillari bilan 2E400 quruq elektrostatik filtrini (2 komplekt miqdorida) yig‘ish va o‘rnatish hamda EDITUBE nam elektrofiltrini (8 komplekt miqdorida) o‘rnatish ishlarini amalga oshirishmoqda.
Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash bo‘yicha 4-sonli uchastka esa 2E400 quruq elektrostatik filtri va va konverterning issiqlik izolyatsiyasini montaj qilish hamda 1- va 2-sonli quritish-absorbsiyalash bo‘limlari va 1- va 2-gazdan tozalash bo‘limlarini kimyoviy himoyani montaj qilish bo‘yicha mas'ul sanaladi.
Shuningdek, 6-sulfat kislotasi sexi qurilishida ishtirok etayotgan texnologik uskunalarni ta'mirlash bo‘yicha 8-uchastka tomonidan 1- va 2-sonli quritish-absorbsiya bo‘limlari va balandligi 90 metr bo‘lgan sanitar quvurlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Metall konstruksiyalar va nostandart uskunalarni ta'mirlash bo‘yicha 7-sonli uchastka mehnat jamoasi esa 1- va 2-kontakt kompressor bo‘limlarida konvertorlar va bosh nagnetatellarni o‘rnatish uchun mas'ul.
Hozirgi kunga kelib mazkur uchastkalar tomonidan 2E400 quruq elektrostatik filtrning mexanik qismini va ushbu uskunaning issiqlik izolyatsiyasini o‘rnatish ishlari davom etmoqda.
1- va 2-sonli gaz tozalash bo‘limlarida OTOVENT skruberining kimyoviy himoyasi o‘rnatilmoqda. EDITUBE nam elektrofiltrlarining ichki faol qismlarini o‘rnatish ishlari olib borilayapti.
1- va 2-sonli quritish-absorbsiyalash bo‘limlarida kimyoviy himoya o‘rnatish hamda SX quvurlarini o‘rnatish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
1-sonli kontakt kompressor bo‘limida 1-sonli konverter o‘rnatildi.
2-sonli kontakt kompressor bo‘limida 2-sonli konvertorlarni argon yoyli payvandlash orqali yakuniy payvandlash ishlari olib borilmoqda.
1- va 2-kontakt kompressor bo‘limlarida konvertorlarning issiqlik izolyatsiyasini o‘rnatish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun: Rux zavodi hududida yangi yillik quvvati 180 000 tonna bo‘lgan, ikki navbatdan iborat 6-sonli Sulfat kislotasi sexini qurilishi uchun 2022-yil 30-sentyabr kuni Germaniyaning Metso-Outotec kompaniyasi bilan yangi sexni loyihalash, jihozlar yetkazib berish va qurilishni nazorat qilish bo‘yicha ikki tamonlama EPS shartnomasi imzolandi. 2023-yilning noyabr oyidan “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan yer ishlari boshlab yuborildi. 2024-yilning 8-aprel sanasidan Metso-Outotec kompaniyasi yangi sex jihozlarni yetkazib berishni boshladi. Loyihaning qiymati 72,1 mln yevro bo‘lib, sex foydalanishga topshirilishi natijasida 80 ta yangi ish o‘rinlari ham yaratiladi.
Axborot xizmati