• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

6 oylik natijalar sarhisobi

27 Iyul 2022, 9:45 1567

OKMKning yirik obyektlaridan bo’lgan Angren kon boshqarmasi o’z tarkibida bir nechta yopiq konlarni birlashtiradi. Murakkab jarayonlar olib boriladigan konlarning qo’riqlash xizmatini tashkil etish o’ta ahamiyatli. Bu borada Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tunu-kun o’z faoliyatini tashkil etadi.

Angren KB IHQXning 6-komandasi ham belgilangan vazifalarni bajarishda kamarbasta bo’lib kelmoqda. Joriy yilning 20-iyul kuni mazkur komandaning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi.

Komanda shahsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan yigilish xizmat boshlig’ining huquqiy masalalar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari Aziz Boboxojayev, Xizmatni tashkillashtirish boyicha yo’riqchi Bahodir Rasulov hamda komanda boshlig’i Jaloliddin Jorayevlar tomonidan olib borildi.

Yig’ilishda komandaning qorovul boshliqlari Shuhrat Toshmatov, Ag’zam Saidquddinov, Farhod Nazarov hamda  O’tkir Omonovlarning hisoboti tinglandi. Unda 6 oylik natijalar, muammo va kamchiliklar muhokama qilindi. 

Ish faoliyatining doimiy nazorati natijadorlikni taminlaydi. Tahliliy va tanqidiy ruhda tashkil etiladigan uchrashuvlarda muammolar o’z yechimini topadi. 

Shu tartibda o’tkazilgan uchrashuvda ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech