Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati 8-sonli komandasining 2023-yil 7 oylik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda IHQX boshlig‘i B. Bekmuratov, IHQX boshlig‘ining toifalangan obektlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Akramov, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.Rasulov, qorovul boshliqlari, 8-komanda shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan mas'ullar 2023-yilning 7 oy davomida amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumot berib, yuz bergan huquqbuzarlik holatlari va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini ta'kidlashdi.
Xizmatning 8-komandasi shaxsiy tarkibi orasida o’tgan 7 oy davomida bu kabi noxush holatlar, qonunbuzarliklar sodir etilmagan bo‘lsada, kelgusida ham har bir xodim mehnat intizomiga rioya qilish, huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz bo‘lishlari, xizmat vazifasini vijdonan bajarishlari lozimligi uqtirildi.
Tadbir davomida komandaning 1-, 2-, 3- va 4-sonli qorovul boshliqlarining hisobotlari tinglandi. Unga ko‘ra, shaxsiy tarkib o‘rtasida profilaktik tadbirlar kuchaytirilishi ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida kelgusida amalga oshiriladigan masalalar ham muhokama etildi.
Ma'lumot o‘rnida: xizmatning 8-komandasi Xondiza kon boshqarmasiga xizmat ko‘rsatadi.
S. Raximov,
IHQX yoshlar ittifoqi raisi