"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ayni kunlarda poytaxtimizda oʻtkazilayotgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun samarali boʻldi.
Forum doirasida OKMK rahbariyati hamda bir qator xorij kompaniyalari hamda bank moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borildi.
Xususan, Fransiyaning Societe Generale banki rahbariyati bilan tashkil etilgan uchrashuvda yangi metallurgiya majmuasining moliyalashtirish loyihasini amalga oshirish, yevroobligatsiyalarni ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlik istiqbollari kabi maslalar muhokama etildi.
Shuningdek, forumda Isroilning «Synergy Cables” kompaniyasi vakillari bilan mis mahsulotlarini eksport qilish borasida muzokaralar olib borildi.
Bundan tashqari, forum doirasida Germaniyaning “Deutsche Bank” banki, Frantsiyaning Natixis Bank S.A.banki va Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dhabi Commercial Bank banki vakillari bilan ham moliyalashtirish masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.
Toʻrtinchi bor oʻtkazilayotgan xalqaro investitsiya forumida doirasida ilk bor investitsiya koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Koʻrgazmada yirik mahalliy xususiy kompaniyalar xalqaro investorlarga oʻz imkoniyatlarini namoyish etishmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham xalqaro investorlarga asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari, mahalliylashtirilgan mahsulotlar hamda import mahsulotlarini taqdim etdi. Shuningdek, investorlarlar e’tiboriga 2000ga yaqin import mahsulotlarini jamlagan katologlar ham havola etilmoqda.
Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso boshchiligidagi delegatsiya ham forumda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati stendi bilan yaqindan tanishdi va kombinat faoliyatiga qiziqish bildirdi.
12 iyunga qadar oʻtkaziladigan forumda 3000 dan ziyod ishtirokchilar: vazirlar, xalqaro moliya institutlari vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar, dunyoning yetakchi korporatsiyalari va investitsiya fondlari top-menejerlari, shuningdek, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va raqamli transformatsiya boʻyicha ekspertlar qatnashishmoqda.
Axborot xizmati