• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Agar mehrga haykal qo‘yilsa, u albatta ayol shaklida bo‘ladi"

08 Aprel 2024, 10:40 159

Joriy yilning 4-aprel sanasidan boshlab kombinat tarkibiy bo‘linmalaridagi xotin-qizlar jamoalarida axloqiy odob borasida ma'naviy-ma'rifiy psixologik muhitni barqarorlashtirish maqsadida "Agar mehrga haykal qo‘yilsa, u albatta ayol shaklida bo‘ladi" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, ana shunday davra suhbatlari Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasining maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari va tarbiyachilari hamda Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi xotin-qizlari o‘rtasida tashkil etildi.

Tadbirlarda Olmaliq shahar imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha din xodimasi, otinoyi Iroda Nazirqulova va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining gender tenglik va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi, psixolog Viloyat Davletova ishtirok etishayapti.

Davra suhbatlarida xotin-qizlar orasida uchrayotgan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari tahlil etilmoqda.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida so‘rovnomalar ham o‘tkazilib, ushbu so‘rovnomalar asosida korresion ishlar amalga oshirilayapti.

Tadbirlarda psixolog Viloyat Davletova hamda otin oyi Iroda Nazirqulovalar o‘zbek ayollari vafo va sadoqatda dunyo xotin-qizlariga ibrat bo‘lgani, momolarimizning xiyonat degan shum nomdan hamisha or etgani, bu borada muqaddas dinimizda aytilgan kalomlar sharhlandi. Afsuski bugun ba'zi bir xotin-qizlarimizning ma'nan tubanlashib borayotgani, o‘zbek ayoli nomiga isnod keltirayotgani, hatto o‘zga irq, o‘zga millat vakillari bilan oila qurib, so‘ng afsus nadomat chekayotgani, oqibatda farzandlar yetim, ayol beva bo‘lib qolayotgani haqidagi hayotiy misolar bilan o‘rtoqlashdilar.

"Agar mehrga haykal qo‘yilsa, u albatta ayol shaklida bo‘ladi” nomli ma'naviy ma'rifiy tadbir va davra suhbatlari kombinat korxonalarida davom etayapti, shuningdek psixologik so‘rovnomalar yig‘ilmoqda.

Bu kabi tadbirlar, davra suhbatlari Texnologik transport boshqarmasida, Mis boyitish fabrikasida ham bo‘lib o‘tdi.

Bu kabi tadbirlar barcha tarkibiy bo‘linmalarda o‘tkaziladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech