• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: Dastur doirasida import o‘rnini bosish samaradorligi 3,4 mln. dollarga yetkazildi

14 Fevral 2023, 9:50 961

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.

2023-yilda 138 loyiha doirasida 573,8 mlrd so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish tarmoq jadvallari tuzildi. Mahalliylashtirish dasturiga 49 ta yangi loyihalar kiritildi.

Joriy yilning yanvar oyida mahalliylashtirish Dasturi doirasida 88 ta loyiha bo‘yicha amalda 38,3 mlrd so‘m mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja (30,9 mlrd so‘m) 123,7 foizga bajarildi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 268,0 foizga yetkazilganini anglatadi.

Import o‘rnini bosish samaradorligi 3,4 mln. dollarni tashkil etdi.

Yanvar oyi rejasiga kiritilgan yangi loyihalar bo‘yicha 21,7 mlrd so‘mlik (prognoz 16,0 mlrd so‘m) mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Jumladan, har xil turdagi nasoslar uchun ehtiyot qismlar, misdan novalar, ilgichlar, palladiy metali, po‘latdan parma va keskichlar, shaxta elektrovozlariga ehtiyot qismlar, yuqori haroratga chidamli keramik mahsulotlar, vol'fram karbidi, shamot g‘ishtlari, sferali sharli tayanchlar, flotamashinalar uchun ehtiyot qismlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech