• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

AGMK gandbolchi ayollaridan 1-o‘yinda 1-g‘alaba

17 Fevral 2023, 12:45 953

Joriy yilning 15-fevral kuni gandbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining oliy ligasiga start berildi.

22-fevralga qadar davom etadigan 1-tur o‘yinlariga OKMK sport majmuasi mezbonlik qilmoqda.

10ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib borishayapti.

A-guruhi. AGMK (Toshkent viloyati), Andijon viloyati terma jamoasi, “Yoshlik” (Xorazm viloyati), O‘zDJTSU (Toshkent viloyati), O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi.

B-guruhi. Toshkent shahar terma jamoasi, Samarqand viloyati terma jamoasi, Namangan viloyati terma jamoasi, Sirdaryo viloyati terma jamoasi, “So‘g‘diyona” JTSK (Navoiy viloyati).

16-fevral kuni dastlabki to‘rt uchrashuv o‘tkazildi. Unda darvozalar 246 marta ishg‘ol qilindi. Bu har bir o‘yinda o‘rtacha 61,5 tadan to‘p kiritildi, degani.  Andijon – “Yoshlik” (Xorazm) jamoalari qarama – qarshiligida esa darvozalarga  eng ko‘p to‘p yo‘llandi – 82 ta.

 A-guruhi. Andijon – “Yoshlik” - 44:38, O‘zbekiston yoshlar t. j.-2004 – dam olish.

V-guruhi. Samarqand – Namangan - 44:24,   Toshkent sh. – Sirdaryo - 36:11. “So‘g‘diyona” JTSK (Navoiy) jamoasi – dam olish.

Vladimir Mo‘minov shogirdlari - AGMK jamoasi O‘zDJTSU jamoasini 35:14 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech