Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

1-yarim yillikda OKMK 239,3 mln dollarlik mahsulotlar eksportini amalga oshirdi

09 Iyul 2025, 9:19 1094

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan birinchi yarim yillikda mahsulotlar eksporti bo‘yicha barcha prognozlar bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Jumladan, 2025-yil yanvar-iyun holati bo‘yicha OKMK tomonidan 239 300 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 102,6%ga bajarilishi ta'minlandi.

Xususan, birinchi yarim yillikda xorijga 21 338 tonna mis mahsulotlari yuborilib, ushbu yo‘nalishda reja 120,7%ga ado etildi.

Shuningdek, reniy, rux, kadmiy, mis kuporosi kabi mahsulotlar eksportida ham prognozlar bajarilishi ta'minlandi.

Ma'lumot uchun: Hozirgi kunda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024-yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirilib, Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi kabi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech