• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: yetti oylik ishlab chiqarish natijalari

04 Avgust 2023, 8:36 2241

Joriy yilning o‘tgan yetti oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga erishildi.

Jumladan, 2023-yil yanvar-iyul holatiga ko‘ra, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish vazifasi 103,7%ga bajarildi.

Qalmoqqir konidan ruda qazib olish rejasi esa 100,7%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 105,3%ni tashkil etdi.

Mis xom ashyosini qayta ishlashda 105,4 % o‘sish sur'atiga erishilgan. Ushbu yo‘nalishda iyul oyida Mis boyitish fabrikasi 104,0 %lik, 2-Mis boyitish fabrikasida esa 104,8%lik natija qayd etildi.

Konsentratda mis metalli rejasi 105,5 %ga bajarilgan holda o‘sish sur'ati 106,8%ga yetkazilgan. Ushbu yo‘nalishda MBF(102,1 %)va 2-MBF(130,1 %) mehnat jamoalari rejalarni oshig‘i bajarishgan.

O‘z xom ashemizdan mis katodi ishlab chiqarish rejasi ham 100%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 102,8 %ni tashkil etgan.

Rux metalli ishlab chiqarishda o‘sish sur'ati +87,3% bo‘lgan. O‘z xom ashyomizdan ushbu metall tayyorlash vazifasi 101,8%ga uddalangan. O‘sish sur'ati esa +97,9% bo‘lgan.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi ham barcha vazifalarni bajardi. Jumladan, polimetall rudalarni qazib olish(104,6 %) va qayta ishlash(104,0 %), rux konsentratida rux metalli rejalari(101,1 %) oshig‘i bilan ado etilgan.

Oltin tarkibli rudalarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha vazifalarning bajarilishida Angren kon boshqarmasi(102,9 %, 103,8 %), Chodak kon boshqarmasi(101,3 %, 100,5 %), Kovuldi koni(105,3 %, 107,6 %) yuqori natijalarni qayd etishdi.

Shuningdek, ushbu mehnat jamoalari konsentratda birinchi va ikkinchi metall rejasi bo‘yicha ham yuqori mehnat ko‘rsatkichlariga erishdilar.

Mis kuporosi, emallangan mis sim, texnik tellur va selen, perranat ammoniy, palladiy kukuni va molibden 3 oksidi ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi ham ta'minlangan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech