Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mamlakatimizda o’quv yili yakunlanishi bilan yozgi bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari o’z faoliyatini boshlaydi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari ham bu yilgi mavsumga qizg’in tayyorgarlik ko’rishdi.
Jumladan, Jizzax viloyatining Zomin tog’lari bag’rida joylashgan “Istiqlol” BSO 10 iyun sanasidan boshlab o’z faoliyatiga start beradi. Bu yerda 4 smenada 800 nafar bolajonlar dam olishi rejalashtirilgan.
Bo’stonliq tumanida joylashgan “Metallurg” BSO bu yilgi mavsumni rasman 12 iyun sanasidan boshlaydi. Ushbu oromgoh 4ta smenada jami 800 nafar bolajonlarni o’z bag’riga qabul qiladi.
Bo’stonliq tumanidagi yana bir oromgoh “Gulzor” esa 14 iyun sanasidan boshlab bolajonlarni qabul qiladi. “Gulzor”da jami bo’lib bu yilgi mavsumda 1800 nafar bolajon miriqib dam olishi ko’zda tutilgan.
Qo’shni Piskent tumanidagi “Tong” BSOda ham mavsumga qizg’in tadorik ko’rildi. Bu yerda esa mavsum 17 iyundan ochilib, mavsum davomida 600 nafar o’g’il-qiz yozgi ta’tilni maroqli o’tkazishadi.
Xondiza kon boshqarmasi ishchi-xodimlarining farzandlariga xizmat ko’rsatuvchi “Xondiza- Parvoz” bu yilgi mavsumda o’z bag’riga 200 nafar bolajonni qamrab olgan holda mavsumni 1 iyul sanasidan boshlaydi.
Bu yilgi yozgi ta’til davrida kombinat ishchi-xodimlarining 7-14 yoshdagi 4200 nafar farzandlari bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida dam olishi rejalashtirilgan.
Har bir oromgohda barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Axborot xizmati