• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eksport geografiyasi kengayib bormoqda

08 Avgust 2022, 15:10 2235

O‘tgan 7 oy mobaynida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan nafaqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshig‘i bilan bajarildi balki mahsulot eksporti borasida ham yuqori natijalar qayd etildi.

OKMK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti geografiyasi yildan yilga kengayib borayotgani ham e'tirofga sazovor. Jumladan kombinat mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Shuningdek, kombinat mahsulotlari yangi bozorlarga - Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapurga eksport qilingan. Ushbu davlatlarga asosan mis mahsulotlari yuborilgan.

Xorijiy xaridorgirlarga asosiy mahsulot bo‘lgan mis mahsulotlari eksportida 45940 tonnalik natija qayd etilgan holda reja 113,4%ga uddalangan.

Shuningdek, 42815 tonna mis katodi, 3125 tonna mis quvurlari xorijga yuborilgan.

Bundan tashqari, 36055 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.

188 tonna kadmiy metalli xaridorlarga sotilgan bo‘lib, reja 117,5%ga bajarilgan. 

Mis kuporosi eksportida 5234 tonna natija kuzatilgan. Molibden mahsulotlari eksporti rejasi 151,9%ga bajarilgan holda, 486 tonna mahsulot xorijlik hamkorlarga yetkazilgan.

15953 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati eksport qilinib, rejaviy vazifa 130,8%ga uddalangan.

2022 yil yanvar-iyul holatiga OKMK tomonidan 623 402 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan holda, reja 133,5%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech