• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK yettinchi bor xalqaro standart bo‘yicha sertifikatlashdan o‘tdi

14 Iyun 2024, 19:24 728

Joriy yilda “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati 2006 yildan boshlab yettinchi bor sifat menejmenti tizimini ISO 9001 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlashdan o‘tdi va 3 yil muddatga sertifikat oldi.

Bu ma’danni qazib olish va qayta ishlash, mis katodi, mis sim va emallangan mis simlarini ishlab chiqarish zanjirida ishtirok etuvchi kombinat mutaxassislarining yuqori professional mahoratini tasdiqlaydi.

Xalqaro sertifikatning mavjudligi barqaror rivojlanishdan dalolat beradi. Kompaniya nufuzini oshirish imkonini, nafaqat ichki bozorga, balki xorijga ham yetkazib berish imkonini beradi. Yana bir ahamyatli jihati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari, bu mijozlarning talablarini bajarish orqali ularning kombinatga bo'lgan ishonchini oshiradi.

 A.Mavlanov,

OKMK Ijro apparati standartlashtirish va

sertifikatlashtirish xizmati boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech