• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK Olmaliq shahri obodligiga salmoqli hissa qo‘shadi

24 Fevral 2023, 10:37 884

Yurtimizda kunlar isishi bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuboriladi. Ko‘p ming sonli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi ham bu borada amaliy ishlarni boshladi. OKMKning 2023-yil 17-fevraldagi “Obodonlashtirish ishlarini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.

Ushbu farmoyish ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 23-fevral sanasida kombinat ishchi-xodimlari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi.

Shahrimizning Amir Temur, Sharof Rashidov, Alisher Navoiy, Ipak yo‘li, “Mustaqillik”, So‘fi Olloyor ko‘chalarida daraxt va bordyurlar oqlanib, chiqindilar olib chiqildi.

Mazkur ishlar doirasida shahrimizdagi ko‘p qavatli uylarning old qismidagi va uylarga tutash hududdagi irrigasiya tarmoqlari har xil chiqindilardan tozalanib, nosoz holatdagi irrigasiya quvurlari yoki ariqlar (lotok) sozlanadi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofidagi daraxtlarga shakl berilib oqlash, ko‘p yillik daraxt ko‘chatlari ekilib, parvarishlanadi.

Mis eritish zavodi hamda Mis boyitish fabrikasi ishchi-xodimlari tomonidan esa “Qora lola” qabristonida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu ishlar bardavomlik kasb etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech