• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

AGMKda ilk transfer amalga oshirildi

05 Yanvar 2023, 9:40 1338

Sevimli AGMK futbol jamoamizda yangi mavsum oldidan seleksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 2023-yilning 4-yanvar kuni markaziy himoyachi Anzur Ismoilov va klub o‘rtasida shartnoma 1 yilga uzaytirilgan. Anzur 2022-yili jamoaga qo‘shilgan edi.

Shuningdek, kecha jamoa ilk transferini ham e'lon qildi. Ko‘p yillar davomida Qo‘qon-1912 sharafini himoya qilib kelgan Oybek Rustamov ham 2023-yilga mavsumni jamoamiz safia ijara asosida o‘tkazadi.

Yana bir transfer bugun e'lon qilindi. Unga ko‘ra, “Neftchi” va “Navbahor” jamoalarida jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan serbiyalik Aleksandr Stoymirovich AGMK jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Bundan tashqari, kecha ijtimoiy tarmoqlarda taniqli futbolchi Vitaliy Denisovning ham 2023-yilga mavsumni AGMK safida o‘tkazishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarni klubdagi manbaamiz ham tasdiqladi. Ushbu transfer ham bugun erta e'lon qilinishi kutilmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech