• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Aholi farovonligi va shahar obodligi yo‘lida

22 Aprel 2022, 10:5 979

Kombinat kommunalchilari boshqarma balansidagi 10 ta ma'muriy bino, 306 ta ko‘p qavatli uylarning isitish tizimlari, issiq va sovuq suv, oqova tizimi, tom qismlarini joriy va mukammal ta'mirlash, tegishli bo‘lgan maydonlarni obodonlashtirish xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqdalar.

Shuningdek, ular tomonidan OKMK ko‘p qavatli uylarida istiqomat qilayotgan aholi murojaatlariga asosan uylar ichki tizimidagi nosozliklarning tezkorlik bilan bartaraf etilishi namunali yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, xonadonlar elektr qurilmalariga ham beminnat xizmat ko‘rsatib kelinadi.

Mehnat jamoasi bugungi kunda Olmaliq shahrini obodonlashtirish ishlariga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Jumladan, shaharning shoh ko‘chasiga 100 mingdan ziyod bir yillik gul ko‘chatlari ekilib, manzarali klumbalar o‘rnatildi. Markaziy va ichki ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atroflari tozalanib, tonnalab chiqindilar olib chiqib ketilmoqda. Ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari ta'mirlanib, o‘zgacha ko‘rinish kasb etmoqda.

Boshqarma ishchi-xizmatchilari “Yashil makon” umumilliy loyihasining faol ishtirokchilari hamdir. Xususan, ularning hamjihatligida shahrimizning biriktirilgan hududlariga minglab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, bu borada ishlar ayni kunlarda ham qizg‘in davom ettirib borilayapti.

Fursatdan foydalanib, xalqimiz turmush darajasini oshirish, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, ular uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishdek muhim ahamiyatga ega xizmatlarni ko‘rsatib kelayotgan kombinatning kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etib, mas'uliyatli ishlariga rivoj tilab qolamiz.

Hasan USMONALI

Bo`lishmoq:
Text to speech