Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Har yili mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlab kelinadi. Ayni kunlarda yurtimizda ushbu sana munosabati bilan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi himoyachilariga bag‘ishlangan uchrashuvlar va ma'rifiy-badiiy kechalar o‘tkazilmoqda. Bunday xayrli ishlar bardavomlik kasb etgan. OKMK rahbariyati tomonidan ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ko‘p yillar davomida mehnat qilgan faxriylar - Marina Bryuxoveskaya, Anna Sidoryuk, Sodiq Dulberlarga chuqur ehtirom ko‘rsatildi va ularga pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.
-Mana yurtimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda- deydi tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov.- Ularning matonati va ko‘rsatgan jasorati avlodlarga namuna bo‘la oladi. Ularni qancha ardoqlasak, e'zozlasak kam. Kombinat tomonidan ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari,mehnat fronti faxriylariga alohida e'tibor qaratilib, moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Tadbir davomida “Metallurg” madaniyat saroyi badiiy dastalari tomonidan konsert dastur ham namoyish etildi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ko‘p yillar davomida mehnat qilgan faxriylar - Marina Bryuxoveskaya, Anna Sidoryuk, Sodiq Dul'berlar e'tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lishib, kombinat rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.
Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizda saqlanadi.
OKMK Axborot xizmati