• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

ALIMENT PULLARINI O‘Z VAQTIDA UNDIRISH TARTIBI TUSHUNTIRILDI

16 Mart 2022, 9:50 1484

“Olmaliq  KMK” AJning Komplaens xizmati “Ishonch telefoni” raqamiga 2022-yil 14-mart kuni fuqarolar G.M. hamda A.X.lar murojaat qilishdi. Murojaatda sud qaroriga asosan 2018-yilning noyabr oyidan boshlab, qaramog‘idagi ikki nafar hamda uch nafar farzandlari uchun aliment pullarini muntazam ravishda olib kelganliklari, biroq 2022-yil mart oyidan boshlab aliment pullari hanuzgacha ularning plastik kartalariga tushmaganligi bildirilgan. Shuningdek, murojaatda har ikki fuqaroning doimiy ish joyi va daromadi yo‘qligini, o‘zi va farzandlarining yagona daromadlari aynan aliment pullari ekanligini ularga va farzandlariga tegishli bo‘lgan qonuniy aliment  pullarni undirib berishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘rashgan.

Murojaatlar asosida o‘rganish o‘tkazilganda, kombinat  tizimida 2022-yil 16-mart holatiga ko‘ra, 1,5 mingdan ziyod aliment undiruvchi onalar mavjudligi aniqlandi. Aliment to‘lovlari uchun hisoblangan mablag‘lar 2 253 977 352 so‘mni (Ikki milliard iki yuz ellik uch million to‘qqiz yuz yetmish yetti ming uch yuz ellik ikki so‘m) tashkil etib, ushbu mablag‘ 16-mart kuni o‘tkazib berildi.

Joriy yilning mart oyiga qadar, kombinat hisob raqamlaridan aliment to‘lovlari uchun hisoblangan mablag‘lar qonunda belgilangan muddatlarda to‘lovchi xodimlarning oylik ish haqlaridan kechiktirilmasdan ushlab qolinganligi hamda ijro varaqalarida ko‘rsatilgan hisob raqamlarga, undiruvchi ayollarning plastik kartalariga o‘tkazish orqali  yoxud naqd pul shaklida pochta xizmatlari yordamida to‘lab berilganligi ma'lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-son Farmoni oltinchi bandiga muvofiq, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta'minoti uchun aliment pullarini hisoblash va to‘lash tartib-taomillari ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish maqsadida aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning Yagona axborot tizimini yaratish hamda aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisob varag‘ini ochish to‘g‘risida topshiriq berilgan.

Shuningdek, 2021-yil 1-martdan boshlab aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning Yagona axborot tizimi orqali amalga oshirish belgilangan.

Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i bilan integratsiya qilinadi. Bunda Byuro tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchi aliment oluvchi nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtiriladi hamda aliment pullari, shu jumladan, qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari alohida bank hisobvarag‘i orqali (aliment oluvchi)ning mazkur bank kartasiga o‘tkaziladi.

Majburiy ijro byurosining, Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi butun respublika hududida faqat “Aloqabank”ATB  tizimi bilan integratsiya qilindi.

Shu munosabat bilan, HURMATLI AYOLLARIMIZDAN O‘ZLARI VA FARZANDLARIGA TEGISHLI BO‘LGAN aliment pullarini vaqtida olish uchun Majburiy ijro byurosining Olmaliq shahar bo‘limi 12-xonaga shaxsan uchrashgan holda, “ALOQABANK” ATBning YaNGI PLASTIK KARTASINI BEPUL RASMIYLAShTIRISh SO‘RALADI.

“Olmaliq KMK” AJ Komplaens xizmati Yangi tizimni joriy etishda yuzaga kelgan noqulayliklar uchun Hurmatli ayollarimizdan uzr so‘raydi hamda muammo to‘liq hal etilguniga qadar vaziyatni  o‘z nazoratida qoldirishini ma'lum qiladi.

Murojaat uchun “Olmaliq shahar Majburiy ijro bo‘limi”ning telefon raqamlari:

(8371) 231-68-90.

(8371) 231-69-02.

+998 99 843 04 10.

+998 97 745 54 55.

Respublika MIBning “Ishonch  telefoni” raqamlari:

(8 371) 231-11-07.

Qisqa  raqam: 1107.

Plastik  kartalarni  rasmiylashtirish va aliment pullarini olishda muammolar yuzaga kelgan taqdirda, quyidagi raqamlarga bemalol murojaat qilishingiz mumkin:

“Olmaliq  KMK” AJ Komplaens xizmatining “Ishonch telefoni” raqamlari:

(+998 70) 619-23-32;

(+998 70) 619-15-47;

(+998 93) 182-72-12;

(+998 93) 182-09-04.

“Olmaliq KMK” AJ Komplaens xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech