• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Alisher Navoiy va Bobur merosi – bebaho ma'naviy xazina

10 Fevral 2022, 15:56 910

Bugun Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida buyuk ajdodlarimiz Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash xizmati ishchi-xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda mazkur korxona mehnatkashlari tomonidan buyuk bobolarimizning ruboiyilari, g‘azallari yod olindi. Ularning boy ma'naviy merosi, hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi.

“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimizning ijodiga mansub she'r asosidagi kuylangan qo‘shiqlar, ishchi-xodimlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Har ikki shoirning g‘azal va ruboiylari asosida tashkil etilgan bahru-bayt g‘oliblari kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Yelena Kosolapova,

IHQX kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech