Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

ОКМК Moody’s agentligidan “Ba2” darajasida, “Barqaror” prognoz bilan kredit reytingini oldi

17 Sentyabr 2026, 8:12 148

“Olmaliq KMK” AJ Moody’s agentligidan “Ba2” darajasida, “Barqaror” prognoz bilan kredit reytingini va “ba3” darajasidagi mustaqil kredit bahosini (BCA) oldi.

Reyting Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingi (“Ba2”/prognoz “Barqaror”) bilan bir darajada belgilangan va xorijiy valyutadagi majburiyatlar boʻyicha mamlakatdagi eng yuqori daraja hisoblanadi.

Shu bilan birga agentlik kombinatning mustaqil kredit bahosini (Baseline Credit Assessment, BCA) “ba3” darajasida belgiladi. Mazkur koʻrsatkich davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash omillarini hisobga olmagan holda kompaniyaning oʻz moliyaviy va operatsion salohiyatiga asoslangan kredit qobiliyatini aks ettiradi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekistonning tog‘-kon sanoatidagi Moody’s tomonidan kredit reytingiga ega bo‘lgan birinchi kompaniya boʻldi.

Bu mamlakat sanoatining yetakchi korxonalari uchun xalqaro kapital bozorlariga chiqish yoʻlidagi muhim qadamdir.

Agentlik kombinatning davlat bilan mustahkam aloqalarini, yirik resurslar bazasini, mahsulot turlari boʻyicha diversifikatsiya va tannarx boʻyicha qulay mavqeini, shuningdek ishlab chiqarish hajmlarining oʻsishini ta’minlovchi investitsiya dasturining amalga oshirilayotganini qayd etdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech