Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 13-16 noyabr kunlari Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati ishchi-xodimlari o‘rtasida kombinatning tarkibiy bo‘limlarida xizmat tomonidan qo‘riqlanadigan nazorat o‘tish joylarining kirish-chiqish joylarida transport vositalarini tekshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida, 2021-yil 26-mart kuni OKMK boshqaruv raisi A.Xursanov tomonidan 00360-sonli buyruq bilan tasdiqlangan, “Olmaliq KMK” AJ obyektlariga kirish-chiqish va ichki obyekt tartiboti to‘g‘risida Yo‘riqnoma”ga muvofiq, kombinatning qo‘riqlanadigan obyekt hududlariga kirish-chiqish tartibi va ichki tartibotni tashkil etish va tartibga solish IHQX tomonidan amalga oshirilishi ta'kidlandi. Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ruxsatnomalar asosida qo‘riqlanayotgan ob'ektga (hududga) ishchi-xizmatchilar va tashrif buyuruvchilarning kirish vaqti va tartibini belgilash, avtotransport vositalarini kirib-chiqish va tovar moddiy boyliklarini hududdan hududga olib kirish va olib chiqish bo‘yicha nazorat o‘tish joylari orqali tartibga solinishi o‘rgatildi. Shuningdek, qo‘riqchi (qorovul) – naryad asosida ob'ektni qo‘riqlashga qo‘yilgan, kirib-chiqishni qattiq nazoratga oluvchi, obyektda o‘g‘irlik va boshqa favqulodda xodisalar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaydigan, obyekt hududiga begona avtotransport vositalarini va shaxslarni ruxsatnomasiz o‘tkazib yubormaydigan, obyekt hududida jamoat tartibini saqlashga bevosita javobgar hisoblanishi aytib o‘tildi. Barcha kombinat ishchi-xodimlari, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlari va boshqa kombinatga qarashli bo‘lmagan shaxslar ushbu yo‘riqnoma talablarini bajarishi shartligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, kombinatning xizmat tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlariga ishchi xizmatchilar, tashrif buyuruvchilarning va transport vositalarining o‘tishi uchun qanday tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lishi batafsil tushuntirildi.
Barcha tovar moddiy boyliklar(tayyor mahsulot)ning obyekt hududiga olib kirilishi va olib chiqilishi bilan bog‘liq jarayonlar va qanday hujjatlar zarur bo‘lishi haqida ham to‘liq ma'lumot berildi.
Kombinatning IHQX tomonidan qo‘riqlanadigan ob'ektlari nazorat o‘tish joylari avtoulovlar kirish-chiqish joylarida avtotransport vositalarini tekshirish tartibi bo‘yicha xizmatning 1-, 2-, 3- va 4-komandalarining shaxsiy tarkibiga o‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulot yuzasidan xodimlar bilan savol-javoblar o‘tkazildi.
Mazkur amaliy o‘quv mashg‘ulotdan har bir xodim o‘zi uchun yetarli darajada amaliy ko‘nikmalar oldi hamda kelgusida xizmat vazifalarini bajarishda ushbu ko‘nikmalar qo‘llanma bo‘lishi shubhasiz.
Sobir Rahimov,
IHQX boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi