Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 10 oyda mahalliylashtirish dasturi ijrosi ta’minlandi

14 Noyabr 2025, 8:14 523

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2025-yilning 10 oyi davomida mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha belgilangan bajarilgan barcha prognozlar bajarilishi ta’minlandi.

Jumladan,  joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 104 ta loyiha bo‘yicha 1087,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 102,6%ga bajarildi. Import o‘rnini bosish samaradorligi 85,6 mln dollarni tashkil etdi.

Yangi loyihalar bo‘yicha 891 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Xususan, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida dastur bo‘yicha 61,4 mlrd so‘mlik tegirmonlar, maydalagichlar, ekskavatorlar, temir yo‘l transporti, flotatsiya pnevmomexanik mashinalar uchun ehtiyot qismlar, g‘alvirlar uchun futerovkalar va mis simlari uchun katushkalar ishlab chiqarildi.

Shuningdek, dastur bo‘yicha Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi tomonidan 3,0 mlrd so‘mlik 2BC-105 rusumli vagonlar uchun pastki rama va korpus,  Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi tomonidan 13,8 mlrd so‘mlik shamollatish, aspiratsiya tizimlari, sulfat kislota ishlab chiqarish uskunalarini tayyorlanib, o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, dastur doirasida Mis eritish zavodi tomonidan 19,5 mlrd so‘mlik, 3-mis boyitish fabrikasi  bo‘yicha 531,5 mlrd so‘mlik, Portlovchi materiallar zavodi bo‘yicha 205,5 mlrd so‘mlik va 8 ta Mexanik ta’mirlash uchastkalaritomonidan 36,8 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Shuningdek hisobot davrida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlardan 2 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ham samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 10 oyda Sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 3655,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar harid qilinib, prognoz bajarilishi 122 foizni tashkil etdi.

Bunda “Uzmetkombinat” AJdan po‘lat sharlar va metalprokatlar,  “Maksam-Chirchiq” AJ va “Navoiazot” AJdan so‘mlik kimyoviy mahsulotlar “Nurafshon-Maxsus-Texnika” MChJdan karyer samosvallari, “Deutsche Innovatsion Texnologiyalar - AGMK” MChJ QKdan mis simlari va qopqog‘i bilan komplekt novalar kabi mahsulotlar xarid qilindi.

“Shatakka olish” tizimi bo‘yicha ham kombinat tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda.

Tizim orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval importqilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish maqsadida joriy yilning yanvar-oktyabr oylari yakuni bo‘yicha 971,0 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar kombinatga yetkazib berildi.

Bugungi kunda kombinat tomonidan “Shatakka olish” tizimi bo‘yicha “Almalyk Quyuv Mexanika Zavodi” MChJ, “Apiteks” MChJ, “Sanoat Ogneupor va Butlov” MChJ, “Prom Polimer Holding” XK, “Ferrum” MChJ, “Carbon Polymer” MChJ, “Kurama-Vostok” XK, “Angren Pipe Plant” MChJ, “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MChJ, “Angren Kaolin” MChJ, “Steel pipe” MChJ, “Rialway Service” MChJ, “Andijon Mexanika Zavodi” AJ, “Nurafshon-Maxsus-Texnika” MChJ, Armaturno-Izolyatorniy Zavod” QK MChJ, “Rubber Technical Products” MChJ, Stal-Plus-Invest-Servis MChJ, “Invest Zone” QK MChJ, “Igea” QK MChJ, “Lider Rem Prom” MChJ, “Avantec Gp” QK MChJ, “Piskent Hamkor Savdo” MChJ, “Nasiba-Gavhar” XK, “Zhongtian Chemical” MChJ, “DIT - Agmk” QK MChJ kabi korxonalar qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Ushbu korxonalar tomonidan kombinatga quyma, birlamchi boyitilgan kaolin, ftoroplast, rezinotexnika, kaprolon va olovga bardoshli mahsulotlar, filtr matolari, temirdan ishlov berilgan tayyor podkladkalar, prokladkalar va boltlar, maxsus ish kiyimlari, mis quvurlari, po‘lat quvurlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, mexanik maydalash uskunalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari ko‘rsatilib, temir yo‘llar uchun ehtiyot qismlar, temir yo‘llar uchun dumpkar, karyer samosvallari, polimerdan izolyator, cho‘yan, butillangan ksonteganat mahsulotlari, tog‘-kon uskunalari, texnologik asbob-uskunalar va ularning butlovchi qismlari, olovdan himoyalovchi singdirma bilan ishlov berilgan brezent (parusina) va tekstil matolari,  mis simlari tayyorlangan.

Abbos Abdullayev,

OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech