Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 2025-yil eksport prognozi bajarilishi ta’minlandi

12 Yanvar 2026, 10:23 1212

O‘tgan 2025-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida ham barcha ko‘zlangan natijalarga erishildi.

Xususan, 2025-yilda 510,4 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 104,2%ga bajarilishi ta’minlandi.

Xorijiy iste’molchilarga 43 632 tonna mis mahsulotlari, 23 321 tonna rux mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, reniy, kadmiy, mis kuporosi, texnik tellur, palladiy kukuni, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham belgilangan vazifalar bajarilgan.

Ma’lumot uchun eksport prognozi 2025-yilning 18-dekabr kuni muddatidan oldin bajarilgan bo‘lib, kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech