Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasining zafar marrasi

17 Dekabr 2025, 9:57 637

Oltin tarkibli ma’danlarniqazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan “Olmaliq KMK” AJ Angren kon boshqarmasining Oltin saralash fabrikasi mehnat jamoasi ham 2025-yil belgilangan ishlab chiqarish prognozlarini muddatidan avval bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Joriy yilning 15-dekabr sanasida Oltin saralash fabrikasi mehnat jamoasi ma’danni yillik qayta ishlash rejasini bajarilganligi bo‘yicha rahbariyatga raport berishdi.

Bu kabi yutuqlar zamirida korxonada ishning to‘g‘ri tashkil etilganligi, ishlab chiqarish texnologik rejimiga qat’iy amal qilish, uskunalarning rejaviy ogohlantiruv ta’mirlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi, jamoaviy ma’suliyat kabi omillar yotganini alohida ta’kidlash joiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech