• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Angren kon boshqarmasida ochiq eshiklar kuni

15 Sentyabr 2023, 9:38 916

Ma'lumki, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mutaxassislarining tashabbuslariga ko‘ra, dala sharoitida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida bir qator tarkibiy bo‘linmalarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday “Ochiq eshiklar kuni” joriy yilning 14-sentyabr kuni Angren kon boshqarmasida tashkil etildi.

Unda Mis boyitish fabrikasi, Kovuldi koni, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Texnologik transport boshqarmalarining umumiy masalalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosarlari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mas'ullari ishtirok etishdi.

Ishchi guruh dastlab, Angren shahridan tashqari hududda joylashgan temir-beton konstruksiya tayyorlash bo‘limida bo‘lishdi. Bo‘limda ishchi-xodimlarga barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, yuvinish xonasi, oshxona, ish taqsimlash xonalari barcha zarur jihozlar bilan ta'minlangan. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari “Razvedochnaya” konidagi ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Ushbu konda ham oshxona, yuvinish va ish taqsimlash xonalari havas qilgudek darajada.  Yana bir muhim jihat tibbiy punktda SMO tibbiy uskunasi o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu uskuna konchilarning ishga qo‘yilishi oldidan tana haroratini, qon bosimini va spirtli ichimlik ichgan yoki ichmaganligini bir zumda tekshirib beradi. Olingan ma'lumotlar zudlik bilan komp'yuterga bazasiga uzatiladi. Ushbu uskuna tezkor va sifatli tibbiy tekshiruvni o‘tkazishi bilan ahamiyatli ekanligi ta'kidlandi.

Navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” Kovuldi konida o‘tkazilishi belgilanib, SMO tibbiy uskunasi bilan Kovuldi koni tibbiy punkti ham ta'minlanishi zarurligi qayd etib o‘tildi.

Viloyat Davletova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining

mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech