"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Yurtboshimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida barcha tuman va shahar markazlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etildi. Jumladan, Olmaliqdagi “Oydin” dehqon bozori hududida ham maxsus savdo rastalari xalqimizga xizmat qilmoqda. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining uzluksizligi hamda narx-navoning barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, jamoat tartibini saqlash kabi zaruriy chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shahar hokimining tegishli qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra joylarda mutasaddilar tomonidan muntazam o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Aholiga belgilangan tartibda sifatli xizmat ko‘rsatilishi yuzasidan mas’ullarning reja jadvali tasdiqlangan bo‘lib, joriy yilning 25-avgust kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi a’zolari, veterinariya nazorati bo‘limi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda OKMK Axborot xizmati vakillari savdo yarmarkasiga kelgan xaridorlar bilan muloqotlar o‘tkazishdi.
Jamoatchilik nazorati davomida oziq-ovqat rastalarining orastaligini ta’minlash hamda belgilangan talablar asosida savdo qilish bo‘yicha tadbirkorlar orasida tushuntirish ishlari olib borilib, ularga tegishli tavsiyalar berildi.
Har bir bayram arafasida o‘tkazilishi an’anaga aylanib borayotgan Arzonlashtirilgan yarmarkalarning eng katta afzalligi – narxlarning ancha hamyonbopligidadir. Ayniqsa, kundalik iste’mol mollari – go‘sht, un, tuxum shakar, meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlarga arzon narxlarda taqdim etiladi. Bu esa oilalarning bayram dasturxonini yanada farovon bo‘lishiga xizmat qiladi.
Axborot xizmati