• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Asosiy maqsad — huquqbuzarliklarning oldini olish

01 Noyabr 2022, 8:24 929

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari, bo‘lim va sex boshliqlari ishtirokida korupsiyaga qarshi kurash, kiberxavfsizlik - huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi 1-sonli IIB Tergov bo‘linmasi boshlig‘i Q.Nazirov ishtirok etdi.

Tadbirda bir qator masalalar muhokama etildi. Jumladan, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni munosabati bilan korxonada huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, kiberxavfsizlik - internetdagi azart qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlari va  ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirda ma'sullar diniy bag‘rikenglik, diniy ekstremizm, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, ajrimlar, o‘g‘irlik, korrupsiya va turli jinoyatchiliklarni oldini olish va ishchi-xodimlarning mas'uliyatini yanada oshirish kabi dolzarb masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Q.Nazirov qo‘shimcha sifatida, kombinat miqiyosida sodir bo‘lgan huquqbuzarlik holatlarining umumiy tavsifi, mohiyatini, ularning kelib chiqish sabablarini qisqacha so‘zlab berdi.

Yig‘ilishda mas'ullar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning sabablari va oqibatlari, yoshlar orasida sodir etilayotgan bunday nohush holatlarni oldini olish bo‘yicha  tushuntirish ishlarini olib borishdi.

 Sunnatilo Erbutayev,

NMvaQQIChB IIChB xavfsizlik masalalari

bo‘yicha direktor maslahatchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech